“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Nok bog‘larida uchraydigan Hemiptera turkumiga kiruvchi qandalalarning biologik va xo‘jalik ahamiyati
Farg‘ona davlat universiteti tayanch doktorant
Annotatsiya
Maqolada nok bog'larida uchraydigan Hemiptera turkumiga mansub qandalalarning sistematik o'rni, morfologik va biologik xususiyatlari, ekologiyasi hamda qishloq xo'jaligidagi ahamiyati yoritilgan. Nok agrotsenozlarida uchraydigan qandalalar orasida fitofag va yirtqich turlar mavjud bo'lib, fitofag vakillar barg, kurtak, gul va mevalarga zarar yetkazadi. Yirtqich qandalalar esa nok bog'larida uchraydigan shiralar, psillalar va boshqa zararkunandalar sonini tabiiy ravishda kamaytirishda muhim rol o'ynaydi. Qandalalarning bioekologik xususiyatlarini o'rganish nok bog'larini integratsiyalashgan himoya qilish tizimini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kalit so'zlar: Hemiptera, Heteroptera, nok bog'lari, qandalalar, biologiya, ekologiya, fitofag qandalalar, yirtqich qandalalar, zararkunandalar, entomologiya