“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
G‘arbiy Farg‘ona iqlim sharoitida Plagiodera versicolora Laicharting, 1781 (Chrysomelidae: Chrysomelinae) ning trofik aloqalari va mavsumiy fiziologik holati
Farg‘ona davlat universiteti, b.f.f.d. (PhD), dotsent
Qo‘qon davlat universiteti tayanch doktoranti
Annotatsiya
Maskur maqolada Chrysomelidae oilasiga mansub Plagiodera versicolora Laicharting, 1781 (tol bargxo'ri) turining G'arbiy Farg'ona sharoitidagi tarqalishi, trofik aloqalari, fenologik sikli va mavsumiy fiziologik holati o'rganildi. 2025–2026-yillarda mintaqaning 16 ta nuqtasidan turning lichinka va imogo bosqichidagi 100 dan ortiq namunasi yig'ildi. Tur to'liq metamorfoz (tuxum → lichinka → g'umbak → imogo) bilan rivojlanishi, polivoltin tipga mansubligi hamda bir vegetatsiya davrida 3–4 ta to'liq bo'g'in berishi aniqlandi. Qishlovchi imogalar havo harorati 10–12 °C ga ko'tarilganda reproduktiv diapauzadan chiqib, faol oziqlanishga o'tadi. Tur tor doiradagi oligofag bo'lib, faqat Salicaceae oilasi vakillari (Salix, Populus) bilan uzviy trofik bog'liq; imogalar yosh barglarni afzal ko'radi, lichinkalar esa barg parenximasi bilan oziqlanib, barglarni skeletlaydi. Olingan natijalar turning bioekologik xususiyatlari, ekologik moslanish mexanizmlari va sonini bashoratlash uchun nazariy hamda amaliy asos bo'lib xizmat qiladi.
Kalit so'zlar: Chrysomelinae, Plagiodera versicolora, tol bargxo'ri, Salicaceae, oligofag, trofik aloqa, fenologik sikl, polivoltinlik, diapauza, qishlash, imogo, lichinka