ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Formica subpilosa Ruzsky, 1902 (Hymenoptera: Formicidae) sistematik mavqei, tarqalishi, ekologiyasi va O‘zbekiston faunasidagi ahamiyati

Meliqo‘ziyeva, Mahliyoxon Shokirjon qizi; Zokirova, Gulnora Mamadjonovna

Farg‘ona davlat universiteti, o‘qituvchi
Farg‘ona davlat universiteti, b.f.f.d. (PhD), dotsent

2026-06-26 · pp. 462–466 · DOI: 10.5281/zenodo.21742251 · UDK 502

Annotatsiya

Maqolada Formicinae kenja oilasiga mansub Formica subpilosa Ruzsky, 1902 (Hymenoptera: Formicidae) chumolisining sistematik mavqei, nomenklatura tarixi, morfologik diagnostikasi, geografik tarqalishi va ekologiyasi adabiyot manbalari hamda taksonomik ma'lumotlar bazalari (AntWeb, AntCat, ITIS) tahlili asosida umumlashtirilgan. Tur Serviformica kenja avlodiga mansub bo'lib, o'zi nom bergan F. subpilosa-group ning markaziy turi hisoblanadi; raqamli morfologiyaga asoslangan reviziyalar uning mustaqil tur maqomini tasdiqlagan. Tur Palearktik tarqalishga ega, G'arbiy va Markaziy Osiyoga xos hamda O'zbekiston faunasi uchun tasdiqlangan. Ekologik jihatdan termofil bo'lib, chala cho'l, sug'oriladigan vohalar, daryo vodiylari va antropogen-agrar landshaftlarni egallaydi. Olingan natijalar turning Farg'ona vodiysi sug'oriladigan agrolandshaftlari uchun ekologik mosligini hamda vodiy Formicidae faunasini inventarizatsiya qilishda e'tiborga olinishi lozimligini ko'rsatadi.

Kalit so'zlar: Formicidae, Formica subpilosa, Serviformica, F. subpilosa-group, NUMOBAT, taksonomiya, Palearktika, O'zbekiston, Farg'ona vodiysi, faunistika

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi