“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Janubiy Farg‘ona tabiiy va antropogen suv ekotizimlarida Dytiscidae (Coleoptera) oilasi vakillarining tarqalishi va bioekologik xususiyatlari
Farg‘ona davlat universiteti tayanch doktoranti
Annotatsiya
Dytiscidae (Coleoptera) oilasi vakillari chuchuk suv ekotizimlarining muhim tarkibiy qismlaridan biri bo'lib, suv biotsenozlarida yirtqich organizmlar sifatida trofik munosabatlarning shakllanishi va ekologik muvozanatning saqlanishida muhim rol o'ynaydi. Mazkur oilaga mansub turlar suv havzalarining ekologik holatini baholashda bioindikator organizmlar sifatida ham katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada Dytiscidae oilasi vakillarining sistematik o'rni, morfologik va biologik xususiyatlari, ekologik ahamiyati hamda Janubiy Farg'ona hududidagi tabiiy va antropogen suv ekotizimlarida tarqalishining nazariy asoslari tahlil qilingan. Hududdagi daryo, soy, buloq, suv omborlari, sug'orish kanallari va boshqa suv biotoplarining Dytiscidae vakillari uchun yashash muhiti sifatidagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, oilaning suv ekotizimlaridagi bioindikatsion roli hamda biologik xilma-xillikni saqlashdagi o'rni ilmiy adabiyotlar asosida baholangan. Tadqiqot natijalari Janubiy Farg'ona suv havzalarida Dytiscidae oilasi vakillarining fauna tarkibi, biotopik tarqalishi va bioekologik xususiyatlarini o'rganish bo'yicha keyingi izlanishlar uchun nazariy asos bo'lib xizmat qiladi. Ushbu oila vakillari suv ekotizimlarining muhim tarkibiy qismi bo'lib, biologik xilma-xillikni saqlash va suv havzalarining ekologik holatini baholashda katta ahamiyatga ega [1; 2].
Kalit so'zlar: Dytiscidae, Coleoptera, suv qo'ng'izlari, suv ekotizimlari, bioindikator, biologik xilma-xillik, fauna, biotop, Janubiy Farg'ona