ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Farg‘ona vodiysi ayrim suv havzalarida uchrovchi makrozoobentoslarning taksonomik tarkibi va bioindikatorlik ahamiyati

Xomidova, Zulxumor Mansurjonovna

O‘zbekston milliy universiteti 3-kurs tayanch doktoranti

2026-06-26 · pp. 431–437 · DOI: 10.5281/zenodo.21742225 · UDK 502

Annotatsiya

Mazkur maqolada Farg‘ona vodiysining ayrim suv havzalarida uchrovchi makrozoobentoslarning taksonomik tarkibi hamda bioindikatsion ahamiyati o‘rganildi. Tadqiqotlar 2024–2025-yillar davomida Sirdaryoning Pop tumani hududidan oqib o‘tuvchi qismi, Sariqqamish ko‘li hamda Yozyovon suv omborida olib borildi. Makrozoobentos namunalarini yig‘ish gidrobiologik tadqiqotlarning standart usullari asosida amalga oshirildi. Organizm turlari stereomikroskop yordamida aniqlanib, ularning sistematik tarkibi va ekologik xususiyatlari tahlil qilindi. Tadqiqot natijasida Annelida, Mollusca va Arthropoda tiplariga mansub makrozoobentos organizmlari qayd etildi. Arthropoda tipi vakillari tur soni jihatidan ustunlik qilishi aniqlandi. Sirdaryoda Hydropsyche gracilis, Tipulidae va Orthocladiinae vakillarining uchrashi oqar suv muhitining ekologik jihatdan nisbatan barqaror ekanligini ko‘rsatdi. Sariqqamish ko‘lida Chironomidae hamda Tubificidae vakillarining ko’pligi suv tubida organik moddalarning to‘planishini ko‘rsatdi. Yozyovon suv omborida Ophiogomphus cecilia, Gammarus subaequalis hamda Corbiculina ferghanensis turlarining uchrashi suv havzasining ekologik holati nisbatan barqaror ekanligidan dalolat berdi.

Kalit so'zlar: Makrozoobentos, bioindikator, suv havzalari, ekologik monitoring, bentos, Farg‘ona vodiysi, Chironomidae, Odonata, Mollusca

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi