ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Xitozan va kompleks mikroorganizmli bioo‘g‘itlarning anor yetishtirishdagi samaradorligi va afzalliklari

Dadabayeva, Ozodaxon Savriddin qizi

Farg‘ona davlat univerditeti 1- bosqich tayanch doktoranti

2026-06-26 · pp. 419–430 · DOI: 10.5281/zenodo.21742219 · UDK 63

Annotatsiya

Ushbu maqolada xitozan va kompleks mikroorganizmli bioo‘g‘itlarning anor yetishtirishdagi ahamiyati ilmiy manbalar asosida tahlil qilindi. Maqola tajriba natijalariga emas, balki mavjud ilmiy adabiyotlar, biologik qonuniyatlar va agronomik yondashuvlarga tayangan holda yozildi. Xitozan tabiiy biopolimer bo‘lib, o‘simliklarda himoya reaksiyalarini faollashtiradi, stress omillariga chidamlilikni oshiradi va o‘sish jarayonlarini rag‘batlantiradi. Kompleks mikroorganizmli bioo‘g‘itlar esa tuproqdagi foydali mikroorganizmlar faoliyatini kuchaytirib, azot, fosfor, kaliy va boshqa oziqa elementlarining o‘simlik tomonidan o‘zlashtirilishini yaxshilaydi. Anor ko‘p yillik mevali o‘simlik bo‘lgani sababli uning hosildorligi va meva sifati tuproq unumdorligi, ildiz tizimi rivoji, namlik rejimi va oziqlanish muvozanatiga bevosita bog‘liq. Shu jihatdan xitozan va mikroorganizmli bioo‘g‘itlardan foydalanish anorchilikda ekologik xavfsiz, barqaror va istiqbolli agrotexnologik yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

Kalit so'zlar: anor, xitozan, bioo‘g‘it, mikroorganizm, rizosfera, tuproq unumdorligi, biostimulyator, ekologik dehqonchilik, meva sifati

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi