ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

G‘o‘zada Fusarium vilt kasalligiga chidamlilikni oshirishning molekulyar-genetik asoslari

Ergasheva, S.I.; Tashmuxamedova, Sh.S.; Usmanov, D.E.; Xusanbayeva, Sh.R.; Nuriddinova, M.T.; Murodullayeva, N.O.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti
O‘zR FA Genomika va bioinformatika markazi

2026-06-26 · pp. 392–399 · DOI: 10.5281/zenodo.21742212 · UDK 57

Annotatsiya

Ushbu maqolada Gossypium hirsutum L. o‘simligini zararlovchi Fusarium oxysporum f. sp. vasinfectum qo‘zg‘atadigan fuzarioz vilt kasalligiga qarshi chidamlilikni oshirishga qaratilgan genetik yondashuvlar tahlil qilindi. Tadqiqot davomida patogenning biologik xususiyatlari, infeksiya mexanizmlari hamda g‘o‘zada kasallik rivojlanish jarayonlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, fuzariozga qarshi himoya reaksiyalarida ishtirok etuvchi xitinaza, β-1,3-glukanaza, defensin, NPR1, WRKY va boshqa genlarning ahamiyati yoritildi. Ushbu genlar asosida yaratiladigan genetik konstruksiyalarning tuzilishi, ularni yaratishda qo‘llaniladigan molekulyar-biologik usullar tahlil qilindi. Adabiyotlar ma’lumotlari Fusariumga chidamlilik bilan bog‘liq genlardan foydalanish kasallikka bardoshli g‘o‘za navlarini yaratishda istiqbolli yo‘nalish ekanligini ko‘rsatdi. Olingan ma’lumotlar g‘o‘zaning fuzariozga chidamli navlarini yaratish bo‘yicha kelgusidagi tadqiqotlar uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Kalit so'zlar: Gossypium hirsutum, Fusarium oxysporum f. sp. vasinfectum, fuzarioz vilt, genetik konstruksiya, chidamlilik genlari, gen ekspressiyasi, molekulyar genetika

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi