ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Farg‘ona viloyati Quva tumani olma bog‘larida kanaxo‘r tripsning (Scolothrips acariphagus) mavsumiy dinamikasi va foydali xususiyatlari

Yunusov, Mirzakarim Mirzahalilovich; Axmedova, Gavharoy Yuldashevna

Farg‘ona davlat universiteti zoologiya va umumiy biologiya kafedrasi biologiyasi fanlari nomzodi, dotsent.
Farg‘ona davlat universiteti zoologiya va umumiy biologiya kafedrasi mustaqil izlanuvchisi

2026-06-26 · pp. 365–368 · DOI: 10.5281/zenodo.21742196 · UDK 59

Annotatsiya

Ushbu maqolada Farg‘ona viloyati Quva tumanining intensiv olma bog‘lari agrobiotsenozlarida o‘rgimchakkananing (Tetranychus urticae) ashaddiy kushandasi bo‘lgan kanaxo‘r trips (Scolothrips acariphagus) populyatsiyasining mavsumiy va oylik ko‘payish dinamikasi o‘rganilgan. Tadqiqotlar davomida yirtqich hasharot va zararkunandaning miqdoriy nisbatlari hamda ekologik omillarning ularning rivojlanishiga ta’siri tahlil qilingan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, Quva tumanining quruq va issiq iqlim sharoitida o‘rgimchakkana va kanaxo‘r trips populyatsiyalarining eng yuqori zichligi iyul oyiga to‘g‘ri keladi (mos ravishda 1240.5 va 88.3 dona/100 barg). Kanaxo‘r tripsning yuqori xo‘ralik xususiyati va biologik samaradorligi mevali bog‘larni uyg‘unlashgan himoya qilish tizimida kimyoviy preparatlar yuklamasini kamaytirishda va ekologik barqarorlikni ta’minlashda muhim regulyator bo‘lib hizmat qilishi ilmiy asoslab berilgan.

Kalit so'zlar: kanaxo‘r trips, Scolothrips acariphagus, o‘rgimchakkana, olma bog‘i, populyatsiya dinamikasi, entomofag, biologik kurash, xo‘ralik xususiyati, binokulyar mikroskop

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi