ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Rishton tumani Xo‘jailg‘or hududi sug‘oriladigan tuproqlarida harakatchan fosfor va almashinuvchan kaliy miqdorlarining profil bo‘ylab taqsimlanishi

Nosirov, Yosin Soyibjon o‘g‘li

Farg‘ona Davlat Universiteti Tayanch doktorant

2026-06-26 · pp. 362–364 · DOI: 10.5281/zenodo.21742194 · UDK 91

Annotatsiya

Ushbu tezisda Rishton tumani Xo‘jailg‘or tajriba hududidan olingan sug‘oriladigan tuproq namunalarida o‘simliklar tomonidan o‘zlashtiriladigan harakatchan fosfor (P₂O₅) va almashinuvchan kaliy (K₂O) miqdorlarining profil bo‘ylab taqsimlanishi o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, harakatchan fosfor miqdori tuproq qatlamlari bo‘yicha keskin farqlanib, 3,0–74,0 mg/kg oralig‘ida o‘zgarganligi aniqlandi. Eng yuqori ko‘rsatkich 15–65 sm qatlamda kuzatilgan bo‘lsa, eng past miqdor 65–100 sm qatlamda qayd etildi. Almashinuvchan kaliy miqdori esa 154–542 mg/kg oralig‘ida bo‘lib, profil bo‘ylab nisbatan yuqori darajada saqlanganligi kuzatildi. Tadqiqot natijalari sug‘oriladigan tuproqlarda o‘simliklar uchun muhim bo‘lgan oziqa elementlarining taqsimlanish qonuniyatlarini aniqlash hamda tuproq unumdorligini boshqarishda ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish uchun muhim ahamiyatga ega.

Kalit so'zlar: Sug‘oriladigan tuproq, harakatchan fosfor, almashinuvchan kaliy, P₂O₅, K₂O, tuproq profili, agrokimyoviy tahlil, oziqa elementlari, tuproq unumdorligi, Rishton tumani, Xo‘jailg‘or hududi, tuproq monitoringi

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi