“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Rishton tumani Xo‘jailg‘or tajriba hududidan olingan sug‘oriladigan tuproqlarning kimyoviy tarkibi va oziqa elementlari taqsimlanishining tahlili
Farg‘ona Davlat Universiteti Tayanch doktorant
Annotatsiya
Mazkur tezisda Rishton tumani Xo‘jailg‘or tajriba hududidan olingan sug‘oriladigan tuproq namunalarining kimyoviy tarkibi va asosiy oziqa elementlarining profil bo‘ylab taqsimlanishi o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, tuproq qatlamlarida gumus miqdori 0,294–1,281 %, yalpi azot 0,018–0,076 %, yalpi fosfor 0,010–0,180 % hamda yalpi kaliy 1,550–2,250 % oralig‘ida o‘zgarganligi aniqlandi. Eng yuqori gumus, azot, fosfor va kaliy miqdorlari 15–65 sm qatlamda kuzatilib, mos ravishda 1,281 %, 0,076 %, 0,180 % va 2,250 % ni tashkil etdi. Profilning quyi qatlamlariga tomon organik moddalarning kamayishi bilan oziqa elementlari miqdorining ham pasayishi kuzatildi. Olingan natijalar sug‘oriladigan tuproqlarning unumdorlik darajasini baholash, ulardan samarali foydalanish hamda agrotexnik tadbirlarni ilmiy asosda rejalashtirishda muhim ahamiyatga ega.
Kalit so'zlar: Sug‘oriladigan tuproqlar, gumus, yalpi azot, yalpi fosfor, yalpi kaliy, tuproq unumdorligi, kimyoviy tahlil, tuproq profili, oziqa elementlari, Rishton tumani, Xo‘jailg‘or tajriba hududi, agrokimyoviy ko‘rsatkichlar