ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Achillea filipendulina Lam. o‘simligining xalq tabobatida qo‘llanilishi

Mamatqulova, Surayyoxon Abdusamatovna; Xojiyeva, Komila Ravshanovna

Farg‘ona davlat universiteti, Kimyo kafedrasi mudiri. Kimyo fanlari doktori, professor (DSc)
Farg‘ona davlat universiteti, tayanch doktaranti

2026-06-26 · pp. 356–358 · DOI: 10.5281/zenodo.21742189 · UDK 58

Annotatsiya

Maqolada O‘zbekistonda o‘suvchi tubulg‘ibargli boyimadaron (Achillea filipendulina) o‘simligining morfologiyasi, kimyoviy tarkibi, tibbiyot va xalq tabobatida qo‘llanilishi ko‘rib chiqilgan. Achillea filipendulina o‘simligining xalq tabobatidagi o‘rni, shifobaxsh xususiyatlari hamda undan an'anaviy davolash amaliyotida foydalanish yo‘llari tahlil qilingan. O‘simlik tarkibidagi biologik faol moddalar ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, o‘simlikning yallig‘lanishga qarshi, antiseptik, qon to‘xtatuvchi, spazmolitik hamda antioksidant xususiyatlari haqida xalq tabobati va ilmiy adabiyotlar asosida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Achillea filipendulina, xalq tabobati, dorivor o‘simlik, biologik faol moddalar, flavonoidlar, efir moyi, fitoterapiya, antioksidant, yallig‘lanishga qarshi ta'sir

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi