ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Yogurt ishlab chiqarish biotexnologiyasida ishtirok etadigan Lactobacillus delbrueckii subsp. bulgaricus ning biologik tavsifi va metabolik ahamiyati

Sultonov, Davronjon Sharibjonovich; Toshpo‘latova, Madinaxon Abduraxmon qizi

Farg‘ona davlat universiteti Botanika va biotexnologiya kafedra mudiri
Farg‘ona davlat universiteti biotexnologiya magistranti

2026-06-26 · pp. 353–355 · DOI: 10.5281/zenodo.21742187 · UDK 57

Annotatsiya

Ushbu maqolada yogurt ishlab chiqarish biotexnologiyasining asosiy komponenti hisoblangan Lactobacillus delbrueckii subsp. bulgaricus sut kislotasi bakteriyasining biologik, morfologik va fiziologik xususiyatlari tahlil qilingan. Sanoat mikrobiologiyasida ushbu shtammning roli, uning Streptococcus thermophilus bilan simbiotik aloqalari, sut kislotasi va aromat hosil qilish mexanizmlari hamda tayyor mahsulotning reologik xususiyatlariga ta'siri yoritilgan.

Kalit so'zlar: Lactobacillus delbrueckii, biotexnologiya, yogurt, simbioz, protokooperatsiya, ekzopolisaxaridlar, atsetaldegid, proteoliz

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi