“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Farg‘ona vodiysi Trechinae (Carabidae) faunasi: taksonomik tuzilish va faunistik tahlil
Farg‘ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi
Annotatsiya
Mazkur maqolada Fargʻona vodiysi hududida Carabidae Latreille, 1802 oilasiga mansub Trechinae Bonelli, 1810 kenja oilasining faunistik tarkibi, taksonomik tuzilishi va ekologik xususiyatlari tahlil qilindi. Tadqiqot natijasida hududda 3 ta triba, 6 ta urugʻ va 53 ta tur qayd etildi. Turlar asosan daryo bo‘ylari, nam tuproqli biotoplar, tog‘oldi hududlari hamda agrotsenozlarda tarqalgan. Eng boy urugʻ sifatida Bembidion Latreille, 1802 (40 tur) ajralib turadi. Natijalar mintaqada gidrofil va mezofil karabidlarning yuqori xilma-xilligini ko‘rsatadi.
Kalit so'zlar: Trechinae, Bembidiini, Tachyini, Trechini, Bembidion, faunistik tahlil, bioxilma-xillik, zoogeografiya