“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Bo‘z-o‘tloqi tuproqlarning gumusli holati va tuproq unumdorligini yaxshilash yo‘llari
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Agrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasi assistenti
Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, Andijon viloyati mintaqaviy bo‘limi Tuproq kartogrammasi bo‘limi boshlig‘i
Annotatsiya
Ushbu maqolada Mirzacho‘l vohasining qiyin melioratsiyalashgan sharoitida joylashgan Sirdaryo viloyati Xovos tumani Paxtakor massivi sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi tuproqlarining genetik qatlamlar bo‘yicha morfologik ko‘rsatkichlari, fizik-kimyoviy xossalari, gumus va asosiy ozuqa moddalari (N, P, K) zahiralari tadqiq etilgan. Tadqiqotlar natijasida sug‘orish va intensiv dehqonchilik ta’sirida tuproq profilining zichlashishi, makroagregatlar miqdorining kamayishi hamda degumifikatsiya jarayonlari tahlil qilingan. Maqolada tuproq unumdorligini saqlash, tiklash va organik moddaga boyitishga qaratilgan almashlab ekish (kuzgi bug‘doy va takroriy dukkakli ekinlar majmui) hamda agrotexnologik chora-tadbirlar majmuasi ilmiy asoslab berilgan.
Kalit so'zlar: Bo‘z-o‘tloqi tuproq, gumus, yalpi azot, harakatchan fosfor, hajm massasi, g‘ovaklik, degradatsiya, meliorativ holat, takroriy ekinlar