“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Antropogen omillar ta’sirida baliqlar gelmintozlarining shakllanish xususiyatlari
Farg‘ona davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi
Annotatsiya
Mazkur maqolada antropogen omillarning chuchuk suv ekotizimlarida yashovchi baliqlar gelmintofaunasining shakllanishi va rivojlanishiga ta’siri tahlil qilingan. Suv havzalarining kimyoviy va organik ifloslanishi, gidrologik rejimning o‘zgarishi, evtrofikatsiya jarayonlari, biologik resurslardan intensiv foydalanish hamda introduksiya qilingan turlarning parazit-xo‘jayin tizimidagi o‘zaro munosabatlarga ta’siri ilmiy manbaalar va zamonaviy ekologik-parazitologik tadqiqotlar asosida yoritilgan. Tadqiqotlar natijasida antropogen transformatsiya kuchaygan hududlarda gelmintlar tur tarkibining qisqarishi, invaziyaning ekstensiv va intensiv ko‘rsatkichlari o‘zgarishi, ekologik omillarga chidamli hamda epidemiologik va epizootologik jihatdan ahamiyatli ayrim gelmint turlarining dominantlik qilishi aniqlangan. Olingan natijalar baliqlar gelmintofaunasining ekologik monitoringdagi bioindikatorlik ahamiyatini ochib berish bilan birga, baliqchilik xo‘jaliklarida parazitar kasalliklarning oldini olish va suv ekotizimlarining ekologik holatini baholashda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
Kalit so'zlar: antropogen omillar, gelmintofauna, baliqlar, gelmintozlar, suv ekotizimi, kimyoviy ifloslanish, evtrofikatsiya, ekologik monitoring, bioindikatorlar, parazit-xo‘jayin tizimi