ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Quvasoy sement zavodi ta’sir zonasida tuproqlarning ekologik-geokimyoviy transformatsiyasi va baholanishi

Qo‘chqorov, Bobirbek Mamasamin o‘g‘li; Ibroximova, Saboxat Axmadali qizi; Aktamov, Muhammadnumonjon Iqrorjon o‘g‘li; Tojimatov, Avazbek Rustamjon o‘g‘li

Farg‘ona davlat universiteti tayanch doktoranti

2026-06-26 · pp. 321–327 · DOI: 10.5281/zenodo.21742165 · UDK 502

Annotatsiya

Mazkur tadqiqotda Quvasoy sement zavodi ta’sir zonasida joylashgan tuproqlarning ekologik-geokimyoviy transformatsiyasi va ekologik holati kompleks baholandi. Tadqiqotning maqsadi sement sanoati emissiyalarining tuproq qoplami fizik xossalari hamda kimyoviy elementlar migratsiyasiga ta’sirini aniqlashdan iborat. Dala va laboratoriya tadqiqotlari zavoddan turli masofalarda (100, 500, 1000 va 10000 m) joylashgan kuzatuv maydonlarida olib borildi. Tuproq namunalarida hajmiy massa, umumiy g‘ovaklik, singdirilgan asoslar tarkibi hamda As, Cr, Ni va Zn kabi ekologik jihatdan muhim elementlarning miqdori aniqlandi. Tadqiqot natijalari tuproq profilida fizik va geokimyoviy ko‘rsatkichlarning sezilarli differensiallashganligini ko‘rsatdi. Hajmiy massaning 1,30–1,53 g/sm³ gacha ortishi va umumiy g‘ovaklikning 50,8–42,5 % gacha kamayishi tuproq qatlamlarida zichlanish jarayonlari kuchayganligini tasdiqladi. Geokimyoviy tahlillar sement zavodi ta’siridagi hududlarda mishyak (As), xrom (Cr), nikel (Ni) va rux (Zn) elementlarining fazoviy taqsimlanishida texnogen omillar bilan bog‘liq o‘zgarishlar mavjudligini ko‘rsatdi. Ayniqsa zavodga yaqin hududlarda kimyoviy elementlar konsentratsiyasining nisbatan yuqori bo‘lishi sanoat emissiyalarining tuproq geokimyoviy muhitiga uzoq muddatli ta’sirini tasdiqlaydi. Tadqiqot natijalari Quvasoy sement zavodi ta’sir zonasida tuproq qoplamining ekologik-geokimyoviy transformatsiyasi sodir bo‘layotganligini ko‘rsatib, hududning ekologik holatini baholash, geokimyoviy monitoringni takomillashtirish va tuproq degradatsiyasining oldini olish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

Kalit so'zlar: Quvasoy sement zavodi, tuproq geokimyosi, ekologik-geokimyoviy transformatsiya, texnogen ifloslanish, og‘ir metallar, tuproq degradatsiyasi, geokimyoviy monitoring

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi