“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida gudron va mazutni chuqur qayta ishlash: muammo, texnologiya va istiqbollar
Farg‘ona davlat universiteti, tayanch doktarant
Annotatsiya
Ushbu maqolada Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi (FNQIZ) sharoitida gudron va mazutni chuqur qayta ishlashning dolzarb muammolari, mavjud texnologiyalar va zamonaviy yechimlar ko'rib chiqilgan. Og‘ir neft qoldig'ini qayta ishlash samaradorligini oshirish uchun viskbreking, katalitik kraking, gidrokraking va kokslanish jarayonlarining qo‘llanilishi tahlil qilingan. FNQIZning modernizatsiya loyihasi doirasidagi texnologik o‘zgarishlar va ularning iqtisodiy hamda ekologik ahamiyati baholab chiqilgan.
Kalit so'zlar: gudron, mazut, og‘ir neft qoldig‘i, viskbreking, katalitik kraking, gidrokraking, kokslanish, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi, modernizatsiya