“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Umbilicaria americana lishaynigi va endolishaynik mikroorganizmlarining kimyoviy tarkibi hamda biologik faolligini o‘rganishning zamonaviy usullari
Farg‘ona davlat universiteti tayanch doktoranti
Farg‘ona davlat universiteti kimyo kafedrasi katta o‘qituvchisi (PhD)
Farg‘ona davlat universiteti kimyo fanlari doktori, professor
Annotatsiya
Ushbu maqolada lishayniklar va ularning tanasida yashovchi endolishaynik mikroorganizmlarning ikkilamchi metabolitlarini o‘rganishning zamonaviy usullari ko‘rib chiqilgan. Umbilicaria americana turidan ikkilamchi metabolitlarni ajratib olish, ularning tuzilishini xromatografik (YuQX, kolonkali xromatografiya) va spektral (IQ, YMR, mass-spektrometriya) usullar yordamida aniqlash hamda endolishaynik bakteriya va zamburug‘larni ajratib olish va identifikatsiya qilish masalalari yoritilgan. Shuningdek, OSMAC va ko-kultura (birgalikda o‘stirish) yondashuvlarining yangi biologik faol birikmalarni topishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Olingan natijalar mahalliy bioresurslarni tabiiy antimikrob va antioksidant agentlar manbai sifatida o‘rganishning ilmiy asoslarini mustahkamlaydi.
Kalit so'zlar: lishaynik, ikkilamchi metabolit, gyrofor kislota, endolishaynik mikroorganizmlar, OSMAC, ko-kultura, antimikrob faollik, antioksidant faollik, YMR spektroskopiya