ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Rhizocarpon geographicum (L.) DC. lishaynigidan rhizokarp kislotasini ajratib olish va uning spektral xususiyatlari

Xoshimova, Shahnoza Ravshanbek qizi; Mirzaolimov, Mirjalol Muxammadjon o‘g‘li; Jalolov, Iqboljon Jamolovich

Farg‘ona davlat universiteti tayanch doktoranti
Farg‘ona davlat universiteti kimyo fanlari doktori, professor

2026-06-26 · pp. 304–307 · DOI: 10.5281/zenodo.21742157 · UDK 82

Annotatsiya

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Toshkent viloyati Ohangaron tumani “Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i” hududidan yig‘ib olingan Rhizocarpon geographicum (L.) DC. lishaynigidan rhizokarp kislotasini ajratib olish, tozalash hamda spektral usullar yordamida identifikatsiyalash natijalari keltirilgan. Lishaynik namunalari atseton va metanol erituvchilarida Soxhlet apparatida ekstraksiyalandi, silikagel ustun xromatografiyasi va preparativ yupqa qatlamli xromatografiya (YuQX) usullari yordamida individual birikma sifatida ajratib olindi. Birikmaning kimyoviy tuzilishi UB-, IQ-, 1H- va 13C-YMR spektroskopiyasi hamda ESI-MS mass-spektrometriyasi yordamida tasdiqlandi. Olingan ma’lumotlar adabiyot manbalari bilan to‘liq mos kelishi aniqlandi.

Kalit so'zlar: lishaynik, Rhizocarpon geographicum, rhizokarp kislotasi, pulvinon hosilalari, ikkilamchi metabolitlar, ekstraksiya, YMR-spektroskopiya, Ohangaron

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi