ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Rishton tumanidagi sugʻoriladigan och tusli boʻz tuproqlarning granulometrik tarkibi va suvli soʻrim koʻrsatkichlari tahlili (Xoʻjailgʻor MFY misolida)

Xoldarov, Davronbek Madaminovich; Nosirov, Yosin Soyibjon o‘g‘li

Farg‘ona davlat universiteti biologiya fanlari doktori, dotsent
Farg‘ona davlat universiteti Tayanch doktorant

2026-06-26 · pp. 296–303 · DOI: 10.5281/zenodo.21742153 · UDK 63

Annotatsiya

Mazkur maqolada Farg‘ona viloyati Rishton tumani Xo‘jailg‘or MFY hududidan olingan sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlarning granulometrik tarkibi hamda suvli so‘rim tahlili natijalari o‘rganildi. Tadqiqot davomida tuproq profilining 0–200 sm chuqurliklari bo‘yicha mexanik fraksiyalar taqsimoti, fizik loy miqdori, pH muhiti, karbonat (HCO₃⁻), xlorid (Cl⁻), sulfat (SO₄²⁻), kaltsiy (Ca²⁺), magniy (Mg²⁺), natriy va kaliy (Na⁺+K⁺) ionlari hamda quruq qoldiq ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Natijalarga ko‘ra, tuproq profilida granulometrik tarkibning qatlamlar bo‘yicha sezilarli darajada farqlanishi kuzatildi, ayrim qatlamlarda fizik loy miqdori 40 % dan ortiq bo‘lib, o‘rta qumoq tarkib ustunligi aniqlandi. Suvli so‘rim natijalari tuproq eritmasining kuchsiz ishqoriy muhitga ega ekanligini (pH 8,03–8,43) hamda quruq qoldiq va umumiy tuzlar miqdorining profil bo‘yicha o‘zgaruvchanligini ko‘rsatdi. Olingan ma’lumotlar sug‘oriladigan bo‘z tuproqlarning meliorativ holatini baholash, unumdorligini saqlash va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kalit so'zlar: Sug‘oriladigan bo‘z tuproq, och tusli bo‘z tuproq, granulometrik tarkib, fizik loy, suvli so‘rim, quruq qoldiq, sho‘rlanish, pH, anionlar, kationlar, meliorativ holat, Xo‘jailg‘or MFY, Rishton tumani, tuproq unumdorligi, agrokimyoviy xossalar

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi