ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Togʻ, adir va choʻl hududlarida yashovchi oʻquvchilarga tashqi muhitning taʼsiri

Xakimova, Zulfiya Abduxalimovna

Farg‘ona davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi

2026-06-26 · pp. 285–289 · DOI: 10.5281/zenodo.21742147 · UDK 91

Annotatsiya

Ushbu tadqiqotda O‘zbekistonning tog‘, adir va cho‘l ekologik hududlarida yashovchi o‘quvchilarning salomatligi, jismoniy rivojlanishi va o‘quv faoliyatiga tashqi muhit omillarining ta’siri tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari hududlarning iqlimiy va ekologik xususiyatlari bolalar organizmida turlicha fiziologik moslanishlarni shakllantirishini ko‘rsatdi. Tog‘ hududlarida yashovchi o‘quvchilarda nafas olish va yurak-qon tomir tizimi faoliyati nisbatan yaxshi rivojlangan bo‘lsa, cho‘l hududlarida yuqori harorat va quruq iqlim organizmga qo‘shimcha yuklama hosil qilishi aniqlandi. Farg‘ona hududi tabiiy sharoitlariga ko‘ra tog‘, adir va cho‘l zonalariga bo‘linadi. Inson salomatligi va rivojlanishi yashab turgan tabiiy-geografik muhit bilan chambarchas bog‘liq. Har bir hududning iqlimi, havo harorati, namligi, atmosfera bosimi va o‘simlik qoplami o‘ziga xos bo‘lib, bu omillar o‘quvchilarning jismoniy va funksional rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. tog‘, adir va cho‘l hududlarida yashovchi o‘quvchilarga tashqi muhit omillarining ta’sirini tahlil qilish.

Kalit so'zlar: ekologik hudud, tog‘ zonasi, adir zonasi, cho‘l zonasi, o‘quvchilar salomatligi, tashqi muhit, ekologik omillar

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi