“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Janubiy Fargʻona sirfidlari (Diptera: Syrphidae: Syrphinae)ni oʻrganishning yaxlit metodik yondashuvi: dala yigʻimidan ekologik modellashtirishgacha
Farg‘ona davlat universiteti, tayanch doktorant
Fargʻona davlat universiteti, talaba
Annotatsiya
Ushbu maqolada Janubiy Farg‘ona hududi sirfidlari (Diptera: Syrphidae: Syrphinae) faunasi va ekologiyasini o‘rganish uchun yaxlit metodik yondashuv taklif etiladi. Yondashuv beshta o‘zaro bog‘liq bosqichdan iborat: dala yig‘imi, materialni fiksatsiya qilish va kolleksiyalash, morfologik hamda molekulyar (DNK-shtrixkodlash) usullar yordamida aniqlash, ma’lumotlarni georeferensiyalash va ochiq bazalarga joylashtirish, hamda ekologik-niche modellashtirish (MaxEnt). Maqolada har bir bosqichning usullari, afzalliklari va cheklovlari ko‘rib chiqilib, mintaqa sharoitiga moslashtirilgan, takrorlanuvchan va integrativ taksonomiya hamda ochiq fan tamoyillariga asoslangan metodik tizim asoslanadi. Bunday yondashuv ham fundamental faunistik inventarizatsiya, ham amaliy (biologik nazorat, changlatish, tabiatni muhofaza qilish) masalalarini hal qilishga xizmat qiladi.
Kalit so'zlar: metodika, sirfidlar, Syrphinae, Malez tuzog‘i, tovoq-tuzoq, DNK-shtrixkodlash, COI, integrativ taksonomiya, GBIF, Darwin Core, MaxEnt, ekologik-niche modellashtirish, Farg‘ona vodiysi