ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Shahar tuproqlarining ogʻir metallar bilan ifloslanishini kamaytirishda fitoremediatsiya texnologiyalarining ahamiyati

Tadjibayeva, Lolaxon Akbarali qizi

Farg‘ona davlat universiteti tayanch doktoranti

2026-06-26 · pp. 269–272 · DOI: 10.5281/zenodo.21742139 · UDK 502

Annotatsiya

Maqolada shahar tuproqlarining og‘ir metallar bilan ifloslanish muammosi va uni kamaytirishda fitoremediatsiya texnologiyalarining ahamiyati tahlil qilingan. Urbanizatsiya, sanoatlashuv va transport vositalari taʼsiri natijasida tuproqlarda qo‘rg‘oshin, kadmiy, mis, rux, nikel va boshqa og‘ir metallarning to‘planishi ekologik xavfni kuchaytirmoqda. Fitoremediatsiya og‘ir metallar bilan ifloslangan tuproqlarni ekologik xavfsiz va iqtisodiy jihatdan maqbul usulda tiklash imkonini beruvchi zamonaviy biotexnologik yondashuv hisoblanadi. Maqolada fitoremediatsiyaning asosiy mexanizmlari, giperakkumulyator o‘simliklar va ularning og‘ir metallarni o‘zlashtirish xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, Farg‘ona shahri seliteb landshaftlari tuproqlarida og‘ir metallar tarqalishini baholash va ularning xavfini kamaytirishda fitoremediatsiya texnologiyalarini qo‘llash istiqbollari yoritilgan.

Kalit so'zlar: og‘ir metallar, shahar tuproqlari, fitoremediatsiya, fitoekstraktsiya, fitostabilizatsiya, giperakkumulyator o‘simliklar, ekologik xavf, urbolandshaft, seliteb landshaft

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi