“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Callosobruchus maculatus (Fabricius, 1775): ozuqa o‘simliklari va trofik ixtisoslashuvi
Farg‘ona davlat universiteti tayanch doktoranti
Annotatsiya
Maqolada to'rtdog'li loviya donxo'ri Callosobruchus maculatus (Fabricius, 1775) — dukkakli don ekinlarining xavfli omborxona zararkunandasi — ning tarqalishi, biologiyasi, ozuqa o'simliklari va trofik ixtisoslashuvi bo'yicha adabiyot ma'lumotlari tahlil qilingan. Turning kosmopolit tarqalishi, Markaziy Osiyo va O'zbekistondagi holati hamda karantin ahamiyati ko'rib chiqilgan. Turning hayotiy sikli (endofitik dononxo'rlik, fakultativ afag imago) va zararlilik mexanizmi yoritilgan. Tur Phaseoleae tribasidagi dukkaklilarga oligofag tarzda ixtisoslashgani, ammo keng xo'jayin doirasiga ega ekani, tuxum qo'yish ustunligi bilan lichinka rivojlanishi o'rtasidagi munosabat hamda yangi xo'jayinga tez moslashuv qobiliyati tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: Callosobruchus maculatus, donxo'rlar (Bruchinae), dukkakli ekinlar, ozuqa o'simligi, trofik ixtisoslashuv, omborxona zararkunandasi, oligofagiya, Farg'ona vodiysi