“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Terak (Populus alba) va tol (Salix) aralashmasi ekstraktidagi fenol birikmalarni YuSSX usulida aniqlash
Farg‘ona davlat universiteti, tayanch doktoranti
Farg‘ona davlat universiteti, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Annotatsiya
Mazkur tadqiqotda terak (Populus alba) va tol (Salix) o‘simliklari aralashmasidan olingan etanol ekstrakti tarkibidagi fenol birikmalar yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (YuSSX, HPLC) usuli yordamida aniqlandi. Fenol birikmalar biologik faol moddalarning muhim guruhi bo‘lib, antioksidant, yallig‘lanishga qarshi va antimikrob xususiyatlari bilan ajralib turadi. Tadqiqot davomida gall kislota, rutin, salisil kislota, kversetin, apigenin va kempferol standartlari asosida ekstrakt tarkibi tahlil qilindi. Olingan natijalarga ko‘ra, ekstrakt tarkibida salisil kislota (38,053 mg/100 g), rutin (12,970 mg/100 g), apigenin (11,343 mg/100 g), kversetin (6,195 mg/100 g) va gall kislota (0,775 mg/100 g) mavjudligi aniqlandi. Kempferol esa aniqlanmadi. Natijalar terak va tol aralashmasining biologik faol moddalarga boy ekanligini hamda farmatsevtika va funksional oziq-ovqat sanoatida istiqbolli xomashyo sifatida foydalanish mumkinligini ko‘rsatadi.
Kalit so'zlar: terak, tol, fenol birikmalar, YuSSX, HPLC, salisil kislota, rutin, flavonoidlar