“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Andijon viloyati issiqxona sharoitida Planococcus citri (Risso) ning bioekologik xususiyatlari
Farg‘ona davlat universiteti tayanch doktoranti
Andijon davlat universiteti Biologiya kafedrasi b.f.f.d., dotsent
Andijon davlat universiteti Biologiya kafedrasi b.f.f.d., v.b. dotsent
Annotatsiya
Ushbu tezisda Andijon viloyati issiqxona xoʻjaliklari sharoitida manzarali oleandr (Nerium oleander) oʻsimligiga jiddiy zarar keltiruvchi sitrus unsimon qurti (Planococcus citri (Risso)) ning bioekologik xususiyatlari, rivojlanish dinamikasi va serpushtligi oʻrganilgan. Tadqiqotlar davomida zararkunandaning embrional rivojlanish davri, lichinka bosqichlari, imago shakllanish muddatlari hamda haroratning ularning tuxum qoʻyish koʻrsatkichlariga taʼsiri tahlil qilingan. Olingan ushbu mahalliy ma’lumotlar Andijon viloyati iqlimiy sharoitida, yopiq grunt agrobiotsenozlarida P. citri turi qisqa muddatlarda (bahorgi va yozgi oylarda o‘rtacha 30–40 kunda) to‘liq bir avlodni berishini hamda yil davomida uzluksiz, yuqori zichlikda ko‘payish potensialiga ega xavfli zararkunanda ekanligi aniqlangan.
Kalit so'zlar: Hemiptera, Coccomorpha, Pseudococcidae, Nerium oleander issiqxona