“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
RUS ADABIYOTSHUNOSLIGIDA URUSH MAVZUSIGA DOIR ILMIY-NAZARIY QARASHLAR
Annotatsiya
Mazkur maqolada dunyo adabiyotshunosligining eng dolzarb mavzularidan biri bo‘lgan badiiy adabiyotda urush mavzusining ifodalanishi masalasi rus adabiyotshunosligidagi tadqiqotlar doirasida o‘rganilib, tahlilga tortilgan. Rus adabiyotshunosligi urush mavzusining badiiy talqini bo‘yicha keng qamrovli tadqiqotlarga boy bo‘lib, mazkur ishlarni tasniflash va ulardagi asosiy ilmiy qarashlarni tizimlashtirish samarador tahliliy natijalar beradi. Shunga asosan maqolada XX–XXI asrlarda doir rus tadqiqotchilarining urush mavzusiga doir ishlari o‘rganilib, badiiy adabiyotda urush mavzusi, urush kishilari tipologiyasi, davr va qahramon muammolariga asosiy e’tibor qaratilgan. Tahlillar davomida keltirilgan fikrlar tegishli manbalardan olingan iqtibos va havolalar orqali dalillangan. Maqola so‘ngida olingan natijalar xulosalangan.
Kalit so'zlar: mavzu, urush, qahramon, tahlil, talqin, g‘oya, tipologiya.