“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Tentaksoy daryosida uchrovchi Gambusia holbrooki (Teleostei: Poeciliidae) ning morfometrik o‘ziga xosligi
Fargʻona davlat universiteti ixtiologiya ixtisosligi tayanch doktoranti
Fargʻona davlat universiteti Zoologiya va umumiy biologiya kafedrasi dotsenti, b.f.f.d. (PhD)
Annotatsiya
Holbruk gambuziyasi – Gambusia holbrooki (Girard, 1859) Markaziy Osiyo suv havzalariga bezgak chiviniga qarshi kurash maqsadida iqlimlashtirilgan boʻlib, Oʻzbekiston hududining deyarli barcha katta va kichik suv havzalarida uchraydi. Mazkur tadqiqotda Andijon viloyatiga sharqdan kirib keluvchi Tentaksoy darosida uchrovchi Holbruk gambuziyasining erkak va urg‘ochi individlarining morfometrik koʻrsatkichlari oʻzaro solishtirilib tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: chuchuk suv baliqlari, Gambusia, morfologiya, Sirdaryo havzasi