“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Hozirgi global isishning tuproqlarga ko‘rsatayotgan ta’siri
Farg‘ona davlat universiteti 1-bosqich doktoranti
Annotatsiya
Ushbu tezisda global isish sharoitida tuproqning fizik, kimyoviy va biologik xossalarida yuz berayotgan o‘zgarishlar, ularning mexanizmlari hamda O‘zbekistonning sug‘oriladigan agroekotizimlari misolida oqibatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot yondashuvi sifatida adabiyotlar tahlili, jarayonlarni taqqoslash va indikatorlar bo‘yicha ilmiy umumlashtirish qo‘llanildi. Ilmiy yangilik tuproq- iqlim o‘zaro ta’sirida uglerod aylanishi, sho‘rlanish va emissiyalar integratsiyasini izohlash bilan ifodalanadi.
Kalit so'zlar: global isish; tuproq namligi; organik uglerod; sho‘rlanish; mikrobiologik faollik; eroziya; issiqxona gazlari