“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Farg‘ona viloyati Vodil qishlog‘i adirlik mintaqasida joy olgan o‘rikzor tuprog‘ining kimyoviy tarkibi va ekologik holati
Farg‘ona davlat universiteti doktoranti
Annotatsiya
Mazkur maqolada Farg‘ona viloyati Vodil qishlog‘i adirlik mintaqasida joylashgan o‘rikzor tuproqlarining kimyoviy tarkibi va ekologik holati tahlil qilingan. Tuproqning unumdorligi, undagi asosiy oziqa elementlari, organik modda miqdori, pH ko‘rsatkichi hamda ekologik omillarning o‘rik daraxtlari rivojlanishiga ta’siri yoritilgan. Tadqiqot natijalari adirlik hududlarda tuproq unumdorligini saqlash va mevali bog‘lar hosildorligini oshirish uchun muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Kalit so'zlar: o‘rikzor, tuproq, adirlik mintaqa, gumus, azot, fosfor, kaliy, ekologik holat, Farg‘ona vodiysi, unumdorlik