“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Cetonia aurata (Coleoptera: Scarabaeidae: Cetoniinae) turining Farg‘ona vodiysi sharoitidagi bioekologik xususiyatlari haqida
Farg‘ona davlat universiteti, 1-kurs tayanch doktoranti
Annotatsiya
Ushbu maqolada gulqo‘ng‘iz Cetonia aurata (Linnaeus, 1758) turining Farg‘ona vodiysi sharoitidagi dastlabki bioekologik ma’lumotlari keltirilgan. 2026 yilning may–iyun oylarida ikki nuqtadan (Farg‘ona shahar va Quva tumani, Begat qishlog‘i; har ikkisi adir zonasi) qo‘lda yig‘ilgan 26 ta namuna (8 ♂, 18 ♀) morfologik belgilar asosida tur darajasida aniqlandi; kenja tur aniqlanmadi. Imagolar gilos, olma va tol daraxtlarida qayd etildi, lichinkalar esa chirigan yog‘och po‘stlog‘ida kuzatildi. Natijalar bir mavsumlik bo‘lgani sababli dastlabki xususiyatga ega bo‘lib, zamonaviy adabiyotlar fonida muhokama qilingan.
Kalit so'zlar: Cetonia aurata, Cetoniinae, bioekologiya, Farg‘ona vodiysi, fenologiya, antofagiya, saprofagiya, dastlabki ma’lumotlar