ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Urbanizatsiyalashgan hududlarda tabiiy ventilyatsiyani tadqiq etishning nazariy-metodologik asoslari

Fattoxov, Neʼmatullox Abdulxakim oʻgʻli

Fargʻona davlat universiteti tayanch doktorant

2026-06-26 · pp. 163–169 · DOI: 10.5281/zenodo.21742075 · UDK 81

Annotatsiya

Maqolada urbanizatsiyalashgan hududlarda havoning erkin almashinuvi — tabiiy ventilyatsiyani tadqiq etishning nazariy va metodologik asoslari tizimli tahlil qilingan. Urbanizatsiya jarayonining shahar atmosferasiga taʼsiri, shahar issiqlik oroli hodisasining hosil boʻlish sabablari hamda shahar hududlarini iqlimiy xususiyatlariga koʻra tasniflash usuli (mahalliy iqlim zonalari, koʻrib chiqilgan. Tabiiy ventilyatsiyaning ikki asosiy harakatlantiruvchi kuchi — shamol bosimi va havo haroratidagi farq (issiqlik tortish kuchi, stack effekti) — sodda fizik qonuniyatlar (Bernulli tenglamasi, oqim uzluksizligi qonuni, bosim koeffitsiyenti Cp) yordamida miqdoriy izohlangan. Shahar qurilishining qiyofasini, yaʼni morfologiyasini, tavsiflovchi asosiy oʻlchamlar tizimlashtirilib, ularning havo almashinuviga taʼsiri ochib berilgan. Zamonaviy tadqiqot vositalari — sonli modellashtirish (CFD), geografik axborot tizimlari (GIS) va kosmik suratlardan foydalanish — tahlil qilingan. Tokio, Shtutgart, Singapur va Gonkong shaharlari tajribasi qiyosiy oʻrganilib, Fargʻona vodiysining berk (yopiq) orografik sharoiti uchun moslashtirilgan boshqaruv modelining dastlabki konseptual asoslari taklif etilgan.

Kalit so'zlar: urbanizatsiya, tabiiy ventilyatsiya, shahar issiqlik oroli, shahar morfologiyasi, shamol koridori, bosim koeffitsiyenti, mahalliy iqlim zonalari, geoekologiya, Fargʻona vodiysi

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi