ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Kattaqo‘rg‘on tumani agrotsenozlarida Deroceras agreste (Linnaeus, 1758) ning tarqalishi va ekologik xususiyatlari

Dilmurodov, G‘ofurjon Shavkat o‘g‘li

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti 2-bosqich tayanch doktoranti

2026-06-26 · pp. 142–145 · DOI: 10.5281/zenodo.21742065 · UDK 63

Annotatsiya

Maqolada Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani agrotsenozlari, xususan, sabzavot ekinlari yetishtiriladigan tomorqa va dehqon xo‘jaliklarida qorinoyoqli shilliq qurt — Deroceras agreste (Linnaeus, 1758) ning tarqalishi, ekologik xususiyatlari va qishloq xo‘jaligi ekinlariga yetkazadigan zarari o‘rganilgan. Tadqiqotlar davomida zararkunandaning oziqlanish xususiyatlari, yuqori namlik va optimal harorat sharoitida ildizmevalarga (masalan, sabziga — Daucus carota) yetkazadigan biomassa yo‘qotishlari vizual va miqdoriy jihatdan tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: Kattaqo‘rg‘on, agrotsenoz, Deroceras agreste, Gastropoda Pulmonata, sabzi, zararkunanda, tarqalish, xususiyatlar

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi