ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Farg‘ona viloyati shaharlarida yashil infratuzilma va bioxilma-xillikni saqlash masalalari

Mamirova, Zulfiyaxon Ibroximjon qizi

Farg‘ona davlat universiteti tayanch doktoranti

2026-06-26 · pp. 115–121 · DOI: 10.5281/zenodo.21742050 · UDK 502

Annotatsiya

Maqolada Farg‘ona viloyati shaharlarida yashil infratuzilma va shahar bioxilma-xilligini saqlash o‘rtasidagi bog‘liqlik hamda bu boradagi muammolar ko‘rib chiqilgan. Yashil infratuzilma turlar uchun yashash muhiti va ekologik koridorlar tarmog‘i sifatida shahar bioxilma-xilligini saqlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi landshaft ekologiyasi qonuniyatlari asosida asoslab berilgan. Ishda Farg‘ona viloyati shaharlarida yashil infratuzilmaning hozirgi holati, unga ta’sir etuvchi asosiy tahdidlar (parchalanish, mahalliy turlarning bezakli monokulturalar bilan almashtirilishi, invaziv turlar, ifloslanish va suv taqchilligi) tahlil qilingan. Shuningdek, yashil infratuzilma orqali bioxilma-xillikni saqlashning yo‘nalishlari — ekologik karkasni shakllantirish, mahalliy va changlatuvchi turlarga moslashgan ko‘kalamzorlashtirish, yashil-suv komponentlarini birlashtirish hamda huquqiy-institutsional choralar asoslab berilgan.

Kalit so'zlar: yashil infratuzilma, bioxilma-xillik, shahar ekotizimi, ekologik koridor, parchalanish, mahalliy turlar, ekologik karkas, Farg‘ona viloyati

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi