ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Codophila varia (Fabricius, 1787) turining Farg‘ona vodiysida uchrashi bo‘yicha faunistik ma’lumotlar

Mahmudov, Mirmuxsin Uchqunbek o‘g‘li

Farg‘ona davlat universiteti doktoranti, b.f.f.d (PhD)

2026-06-26 · pp. 106–108 · DOI: 10.5281/zenodo.21742042

Annotatsiya

Maqolada Pentatomidae oilasiga mansub Codophila varia (Fabricius, 1787) turining Farg‘ona vodiysi hududlarida koordinata bilan hujjatlashtirilgan uchrash holatlari ko‘rib chiqiladi. Tur Palearktika mintaqasida keng tarqalgan polifag qandala bo‘lib, O‘zbekiston faunasi tarkibida ham qayd etilgan. Material 2021–2023 yillarda Farg‘ona va Namangan viloyatlaridan to‘plangan (jami yetti qayd) va ma’lumotlar GBIF xalqaro bazasiga kiritilgan. Natijalar turning O‘zbekiston hududidagi tarqalish ma’lumotlarini to‘ldiruvchi material sifatida tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: Heteroptera, Pentatomidae, Codophila varia, Farg‘ona vodiysi, faunistik ma’lumot, koordinatali qayd, GBIF

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi