ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Ninachilar (Insecta: Odonata) suv ekotizimlari holatini baholashda bioindikator guruh sifatida: Janubiy Farg‘ona sharoitida nazariy-metodik yondashuvlar

Shirmatova, Madinabonu Odiljon qizi; Zokirova, Gulnora Mamajonovna

Farg‘ona davlat universiteti tayanch doktoranti
Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchisi, b.f.f.d (PhD)

2026-06-26 · pp. 87–95 · DOI: 10.5281/zenodo.21742036 · UDK 82

Annotatsiya

Mazkur sharh maqolada Odonata turkumiga mansub ninachilarning suv ekotizimlari holatini baholashdagi bioindikatorlik ahamiyati Janubiy Farg‘ona sharoitida tahlil qilindi. Xalqaro va mintaqaviy adabiyotlar asosida ninachilarning tur tarkibi, lichinka va imago bosqichlari, diagnostik belgilari, ekologik guruhlari hamda antropogen bosimga javob reaksiyalari umumlashtirildi. Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, ninachilar suv va quruqlik-havo muhitini bog‘lovchi guruh sifatida suv sifati, gidrologik rejim, qirg‘oqbo‘yi vegetatsiyasi, urbanizatsiya va irrigatsiya tizimlaridagi o‘zgarishlarga sezgir javob beradi. Janubiy Farg‘ona sharoitida soylar, kanallar, kollektor-zovurlar, buloqlar, baliqchilik hovuzlari va mavsumiy suv yig‘ilmalari Odonata jamoalarini shakllantiruvchi asosiy biotoplar hisoblanadi. Olingan xulosalar Janubiy Farg‘ona suv ekotizimlari monitoringi uchun Odonata asosidagi nazariy-metodik bioindikatorlik yondashuvini ishlab chiqish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Kalit so'zlar: Odonata, ninachilar, bioindikator, Janubiy Farg‘ona, suv ekotizimlari, lotik biotop, lentik biotop, lichinka, imago, exuvia, antropogen bosim

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi