“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Hududiy rivojlanishda mehnat resurslaridan foydalanishning ijtimoiy-geografik masalalari
Farg‘ona davlat universiteti muataqil izlanuvchisi
Annotatsiya
Ushbu maqolada mehnat bozori, ishsizlik turlari, inson kapitali va zamonaviy iqtisodiyot sharoitida sun’iy intellektning bandlikka ta’siri kompleks tahlil qilinadi. Shuningdek, gender tengsizligi sababli ayollarning iqtisodiy faolligi pastligi va uni kamaytirishga qaratilgan davlat siyosati, xususan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar yoritilgan. Maqolada ishsizlikning friktsion, strukturaviy, mavsumiy va boshqa turlari hamda ularning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari ko‘rib chiqiladi. Inson kapitalining iqtisodiy o‘sishdagi o‘rni, ta’lim va raqamli texnologiyalarning bandlikka ta’siri ilmiy asosda tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari zamonaviy mehnat bozorini rivojlantirishda inson kapitalini oshirish va raqamli transformatsiyaning ahamiyatini ko‘rsatadi.
Kalit so'zlar: Mehnat bozori, ishsizlik, inson kapitali, gender tenglik, ayollar bandligi, sun’iy intellekt, raqamli iqtisodiyot, bandlik siyosati, O‘zbekiston, iqtisodiy o‘sish, strukturaviy ishsizlik, ta’lim, Inson taraqqiyoti indeksi