“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
GRADUONIMIYA VA MIQDOR KONSEPTINING INSON TAFAKKURI BILAN BOG‘LIQLIGI
Farg‘ona davlat universiteti 3-bosqich tayanch doktoranti
Annotatsiya
Ushbu maqolada graduonimiya hodisasi miqdor konsepti bilan bog‘liq holda, inson omili asosida tahlil qilinadi. Darajalanishning lisoniy ifodasi faqat semantik yoki grammatik hodisa sifatida emas, balki inson tafakkuri, baholash faoliyati, me’yoriy tasavvurlari va madaniy tajribasi bilan uzviy aloqada yoritiladi. Maqolada graduonimik birliklarning kognitiv tabiati, ularning konseptual maydondagi o‘rni hamda lingvomadaniy xususiyatlari muhokama qilinadi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, miqdor va darajalanish inson ongida mutlaq emas, balki qiyosiy, nisbiy va baholovchi tarzda shakllanadi.
Kalit so'zlar: graduonimiya, miqdor konsepti, inson omili, baholash, darajalanish, kognitiv tilshunoslik, lingvomadaniyat, me’yor, konsept, semantik maydon.