“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Quritilgan mevalarning kimyoviy tarkibi va foydalilik hususiyatlari
Farg‘ona davlat universiteti Kimyo kafedrasi dotsent, k.f.b.f.d(PhD)
Farg‘ona davlat universiteti tayanch doktarant
Annotatsiya
Quritilgan mevalar qadim zamonlardan beri insoniyat oziq-ovqatida muhim o‘rin egallagan. Meva tarkibidagi suvning 80–85% olib tashlanishi natijasida biologik faol moddalar — vitaminlar, minerallar, polifenollar va organik kislotalar — konsentratsiyasi sezilarli darajada oshadi. Ushbu tezisda O‘zbekistonda keng tarqalgan uch tur quritilgan meva: o‘rik (Prunus armeniaca L.), olma (Malus domestica) va na’matak (Rosa canina L., Rosa sp.) larning kimyoviy tarkibi, biologik faol moddalari hamda tibbiy-oziqaviy ahamiyati ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilinadi.
Kalit so'zlar: Quritilgan orik, quritilgan olam, quritilgan na’matak, kimyoviy tarkib, vitaminlar, polifenollar, organik kislotalar, tibbiy ahamiyati