“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Mazut M-40 va Mazut M-100 ning kimyoviy tarkibini qiyosiy tahlil qilish
Farg‘ona davlat universiteti kimyo kafedrasi 1-kurs tayanch doktoranti
Farg‘ona davlat universiteti kimyo kafedrasi professori, kimyo fanlari doktori
Annotatsiya
Mazkur tezisda Mazut M-40 va Mazut M-100 ning kimyoviy tarkibi bo‘yicha mavjud ilmiy adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar va tadqiqot natijalari asosida qiyosiy tahlil amalga oshirilgan. Adabiyotlar ma’lumotlari asosida mazutlarning uglevodorod tarkibi, smolali-asfalten moddalar miqdori, oltingugurtli birikmalar tarkibi hamda ularning fizik-kimyoviy xossalarga ta’siri yoritilgan. Tahlil natijasida M-100 mazutining yuqori molekulyar komponentlar va og‘ir fraksiyalar ulushi bilan, M-40 mazutining esa nisbatan yengilroq tarkibga egaligi aniqlangan. Tadqiqot natijalari mazutlarning sifat ko‘rsatkichlarini baholash va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy xulosalar chiqarishga xizmat qiladi.
Kalit so'zlar: mazut M-40, mazut M-100, kimyoviy tarkib, adabiyotlar tahlili, uglevodorodlar, smolalar, asfaltenlar, oltingugurtli birikmalar