“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Xanthoparmelia tinctina lishaynigining kimyoviy tarkibi va turli erituvchilarda ekstraksiyalash samaradorligi
Farg‘ona davlat universiteti tayanch doktoranti
Annotatsiya
Maqolada Xanthoparmelia tinctina lishaynigining kimyoviy tarkibi o‘rganilib, undan turli erituvchilar yordamida ikkilamchi metabolitlarni ekstraksiya qilish samaradorligi tajriba yo‘li bilan baholangan. Mavzuning dolzarbligi turkum vakillarining biologik faol birikmalarga boyligi va farmatsevtik salohiyati bilan belgilanadi. Tadqiqotda lishaynik namunalari Toshkent viloyati hududidan yig‘ib olinib, 135 g quruq xom ashyodan geksan va atseton erituvchilari yordamida ekstraksiya o‘tkazildi. Natijada geksan ekstrakti 1280 mg (unum ≈ 0,95%), atseton ekstrakti esa 2,5 g (unum ≈ 1,85%) miqdorda olindi; atseton qutbli depsidonlarni samaraliroq ajratishi tasdiqlandi. Adabiyotlarga ko‘ra turning korteks qatlamida usnik kislotasi, medulla qatlamida esa salazin kislotasi asosiy modda hisoblanadi. Mualliflarning hissasi mahalliy xom ashyodan ekstrakt unumini erituvchilar bo‘yicha qiyosiy aniqlashdan iborat.
Kalit so'zlar: Xanthoparmelia tinctina, lishaynik, ikkilamchi metabolitlar, usnik kislotasi, salazin kislotasi, depsidon, geksan, atseton, ekstraksiya unumi