ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Xanthoparmelia turkumi lishayniklarining ikkilamchi metabolitlari va ularni ekstraksiyalash samaradorligi: zamonaviy sharh

Isakova, Shaxnoza Shuxratovna; Mirzaolimov, Mirjalol Muxammadjon o‘g‘li

Farg‘ona davlat universiteti tayanch doktoranti

2026-06-26 · pp. 39–42 · DOI: 10.5281/zenodo.21742001 · UDK 82

Annotatsiya

Maqolada Xanthoparmelia turkumiga mansub lishayniklarning ikkilamchi metabolitlari, ularning kimyoviy tarkibi va turli erituvchilar yordamida ekstraksiya qilish samaradorligi tahlil qilingan. Mavzuning dolzarbligi shundaki, ushbu turkum 92 dan ortiq turli tuzilishdagi biologik faol birikma ishlab chiqaradi va ular farmatsevtikada antioksidant, antimikrob hamda saratonga qarshi vositalar sifatida istiqbolli hisoblanadi. Tadqiqotda nashr etilgan ilmiy adabiyotlarni tizimli tahlil qilish uslubiyatidan foydalanildi. Natijada erituvchining qutbliligi metabolitlar unumiga bevosita ta’sir qilishi, ya’ni qutbsiz erituvchilar usnik kislotasini, qutbli erituvchilar esa depsidonlarni samaraliroq ajratishi aniqlandi. Mualliflarning hissasi turli turlar va metodlar bo‘yicha ma’lumotlarni umumlashtirib, qiyosiy jadvallar shaklida tizimlashtirishdan iborat.

Kalit so'zlar: Xanthoparmelia, lishaynik, ikkilamchi metabolitlar, usnik kislotasi, salazin kislotasi, depsidon, ekstraksiya, antioksidant faollik, yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi