“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Ov qushlari gelmintofaunasining shakllanishida ekologik omillarning roli
Farg‘ona davlat universiteti stajyor tadqiqotchisi
Annotatsiya
Mazkur maqolada ov ahamiyatiga ega qushlar gelmintofaunasining shakllanishiga ta'sir etuvchi asosiy ekologik omillar tahlil qilingan. Tadqiqotda qushlarning yashash muhiti, migratsion xususiyatlari, oziqlanish spektri, iqlim omillari va antropogen ta'sirlarning gelmintlar xilma-xilligi hamda invaziya ko'rsatkichlariga ta'siri o'rganildi. Tahlillar natijasida gelmintofaunaning tarkibi va tarqalishida suv-botqoq ekotizimlari, oraliq xo'jayinlarning mavjudligi hamda mavsumiy omillar muhim rol o'ynashi aniqlandi. Tadqiqot natijalari ov qushlari parazitlarining ekologiyasi va epizootologiyasini tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kalit so'zlar: ov qushlari, gelmintofauna, ekologik omillar, parazitlar, nematodalar, sestodalar, trematodalar, invaziya ekstensivligi