“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Calogaya decipiens lishaynigining kimyoviy tarkibi va biologik faollik potensiali
Farg‘ona davlat universiteti tayanch doktoranti
Annotatsiya
Calogaya decipiens Teloschistaceae oilasiga mansub toshlarda o‘suvchi lishaynik turi hisoblanadi. Ushbu tur tarkibida parietin, emodin, fallatsinal va teloschistin kabi antraxinon tabiatli ikkilamchi metabolitlar aniqlangan. Mazkur birikmalar Teloschistaceae oilasining boshqa vakillarida antioksidant, antibakterial, antifungal va antitumor faollik namoyon qilishi aniqlangan. Ushbu tezisda Calogaya decipiensning kimyoviy tarkibi hamda uning biologik faollik potensiali haqidagi zamonaviy ilmiy ma’lumotlar tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: Calogaya decipiens, Teloschistaceae, parietin, emodin, antraxinonlar, antioksidant faollik, biologik faollik