“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
«Qum orolli Yozyovon» zoogeografik uchastkasi gerpetofaunasida psammobiont va psammofil turlarning ekologik ustunligi haqida
Farg‘ona davlat universiteti, 1-kurs tayanch doktoranti
Farg‘ona davlat universiteti, Biologiya yo‘nalishi 22.60-guruh talabasi
Annotatsiya
Ushbu maqolada “Qum orolli Yozyovon” zoogeografik uchastkasi gerpetofaunasida psammobiont va psammofil turlarning ekologik ustunligi tahlil qilindi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, hududda Squamata turkumi vakillari ustunlik qilishi, qumli cho‘l biotoplariga moslashgan kaltakesaklar va ayrim ilon turlarining ekologik jihatdan muhim o‘rin egallashi aniqlandi. Shuningdek, Phrynocephalus strauchi, Eremias scripta pherganensis va Testudo horsfieldii kabi endemik hamda muhofazaga molik turlarning mavjudligi hududning tabiatni muhofaza qilishdagi ahamiyatini oshiradi.
Kalit so'zlar: gerpetofauna, psammobiont, psammofil, cho‘l ekotizimi, sudralib yuruvchilar, endemik tur, bioxilma-xillik