ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

TALABALARDA VALEOLOGIK MADANIYATNI KOMPLEKS YONDASHUV ASOSIDA RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Jo'rayev, Maxamadrasul Karimovich

Andijon viloyati Marhamat tuman 1-son kasb-hunar maktabi direktori, Farg'ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi

2026-06-26 · pp. 589–592 · DOI: 10.5281/zenodo.21741966 · UDK 378

Annotatsiya

Ushbu tezisda talabalarda valeologik madaniyatni kompleks yondashuv asosida rivojlantirish metodikasi va texnologiyasi yoritilgan. Valeologik madaniyat talabaning salomatlikka ongli munosabati, sog'lom turmush tarziga rioya qilishi, jismoniy, ruhiy, ijtimoiy va ma'naviy farovonligini saqlashga qaratilgan bilim, ko'nikma, qadriyat va xulq-atvor normalari majmui sifatida talqin etiladi. Tezisda kompleks yondashuvning mazmuni, metodik bosqichlari, pedagogik vositalari va kutiladigan natijalari asoslab berilgan. Shuningdek, valeologik madaniyatni rivojlantirishda motivatsion-qadriyatli, kognitiv, amaliy-faoliyatli va refleksiv-baholovchi komponentlarning uzviyligi ko'rsatib berilgan.

Kalit so'zlar: valeologik madaniyat, kompleks yondashuv, talaba, sog'lom turmush tarzi, salomatlik, pedagogik texnologiya, refleksiya, jismoniy faollik, psixologik barqarorlik, profilaktika.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi