“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI MA’NAVIY-MA’RIFIY FAOLIYATGA TAYYORLASH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy milliy himoya agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiyasi Farg'ona viloyati boshqarmasi boshlig'i, Farg'ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi
Annotatsiya
Ushbu tezisda bo'lajak o'qituvchilarni ma'naviy-ma'rifiy faoliyatga tayyorlash mexanizmlarini takomillashtirish masalasi pedagogik muammo sifatida yoritilgan. Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat bo'lajak o'qituvchining kasbiy tayyorgarligida tarbiyaviy kompetentlik, ijtimoiy faollik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, pedagogik muloqot madaniyati hamda tarbiyaviy vaziyatlarda to'g'ri qaror qabul qilish qobiliyatlari bilan bog'liq integrativ jarayon sifatida talqin etiladi. Tezisda bo'lajak o'qituvchilarni ma'naviy-ma'rifiy faoliyatga tayyorlashning motivatsion- qadriyatli, mazmuniy-kognitiv, amaliy-faoliyatli va refleksiv-baholovchi mexanizmlari asoslab berilgan.
Kalit so'zlar: bo'lajak o'qituvchi, ma'naviy-ma'rifiy faoliyat, tarbiyaviy kompetentlik, pedagogik mexanizm, qadriyat, refleksiya, kasbiy tayyorgarlik, pedagogik model, tarbiya.