ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA KAFEDRA FAOLIYATINING TASHKILIY-METODIK MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH

Djalalov, Baxromjan Begmurzayevich

Farg'ona davlat universiteti maktabgacha ta'lim kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

2026-06-26 · pp. 580–584 · DOI: 10.5281/zenodo.21741958 · UDK 378

Annotatsiya

Mazkur tezisda transformatsiya sharoitida oliy ta'lim muassasasi kafedrasi faoliyatining tashkiliy-metodik mexanizmini takomillashtirish masalasi ilmiy-metodik jihatdan yoritilgan. Kafedra faoliyati oliy ta'lim muassasasining o'quv, ilmiy-tadqiqot, metodik, innovatsion, tarbiyaviy va tashkiliy jarayonlarini birlashtiruvchi asosiy akademik bo'g'in sifatida talqin qilingan. Tezisda kafedra faoliyatini takomillashtirishda strategik rejalashtirish, professor-o'qituvchilar kasbiy- metodik salohiyatini rivojlantirish, raqamli monitoring, ichki sifat baholash, ilmiy-tadqiqot natijalarini ta'lim jarayoniga integratsiya qilish va tashqi hamkorlikni kuchaytirish muhim omillar sifatida asoslangan. Shuningdek, kafedra faoliyatining tashkiliy-metodik mexanizmini diagnostik- tahliliy, loyihalash, tashkiliy-amaliy, monitoring-refleksiv va natijaviy-takomillashtirish bosqichlari asosida rivojlantirish taklif etilgan.

Kalit so'zlar: oliy ta'lim, kafedra, transformatsiya, tashkiliy-metodik mexanizm, strategik boshqaruv, metodik ta'minot, ichki sifat monitoringi, raqamli boshqaruv, innovatsion faoliyat

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi