“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
TALABALARDA SANOGEN TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHDA REFLEKSIV-TRENING, MUAMMOLI-VAZIYATLI VA INTERFAOL TA’LIM METODIKASIDAN FOYDALANISH
Farg'ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi
Annotatsiya
Ushbu tezisda talabalarda sanogen tafakkurni rivojlantirishda refleksiv-trening, muammoli- vaziyatli va interfaol ta'lim metodikasidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Sanogen tafakkur shaxsning salbiy emotsional holatlarni ongli tahlil qilishi, stressogen vaziyatlarga konstruktiv munosabat bildirishi, o'z fikri va xatti-harakatlarini refleksiv baholashi hamda sog'lom ijtimoiy-psixologik pozitsiyani shakllantirishi bilan bog'liq muhim sifat sifatida talqin etiladi. Tezisda sanogen tafakkurni rivojlantirishga yo'naltirilgan metodik jarayonning bosqichlari, pedagogik vositalari va kutiladigan natijalari asoslab berilgan.
Kalit so'zlar: sanogen tafakkur, refleksiya, refleksiv-trening, muammoli-vaziyatli ta'lim, interfaol metod, talaba, emotsional barqarorlik, sog'lom fikrlash, pedagogik metodika.