“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA VATANPARVARLIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Farg'ona davlat universiteti harbiy ta'lim fakulteti, umumqo'shin tayyorgarlik sikli dotsenti, isrefodagi podpolkovnik
Annotatsiya
Mazkur maqolada bo'lajak o'qituvchilarda milliy qadriyatlar asosida vatanparvarlik kompetensiyasini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari hamda metodik ta'minoti tahlil qilingan. Tadqiqotda kompetensiyaviy, aksiologik, tizimli va shaxsga yo'naltirilgan yondashuvlar asosida vatanparvarlik kompetensiyasining mazmuni, tarkibiy komponentlari va uni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari ilmiy jihatdan asoslangan. Shuningdek, ta'lim jarayoniga milliy qadriyatlarni integratsiya qilish, interfaol ta'lim metodlari, muammoli ta'lim texnologiyalari, loyiha faoliyati hamda muzey pedagogikasi imkoniyatlaridan foydalanishning samaradorligi yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, taklif etilgan metodika bo'lajak o'qituvchilarda milliy o'zlikni anglash, fuqarolik mas'uliyati, Vatanga sadoqat va kasbiy kompetentlikni kompleks rivojlantirishga xizmat qilishi aniqlangan. Mazkur tadqiqotning ilmiy ahamiyati bo'lajak pedagoglarni tayyorlash jarayonida milliy qadriyatlarga asoslangan vatanparvarlik kompetensiyasini rivojlantirishning konseptual modeli va metodik tavsiyalarini taklif etishi bilan belgilanadi.
Kalit so'zlar: bo'lajak o'qituvchi, vatanparvarlik kompetensiyasi, milliy qadriyatlar, kompetensiyaviy yondashuv, aksiologik yondashuv, pedagogik metodika, fuqarolik mas'uliyati, milliy